DMF Academy

Biz haqimizda

Germaniyada yashab, ishlab yurgan jamoa tomonidan qurilgan.

DMF Academy 2024-yil dekabrida Samarqand viloyati, Payariq tumani, Oqqo'rg'on shaharchasida faoliyatini boshladi.

DMF Academy Jamoasi

DMF Academy Jamoasi

Nemis tili o'qituvchilari, mentorlar va ta'sischilar

Missiyamiz

Har bir o'quvchi uchun faqat til darsligi emas — Germaniyagacha bo'lgan butun yo'lni ko'radigan reja tuzamiz: qaysi bosqichda qaysi til darajasi kerak, qanday hujjat, qaysi intervyu va qaysi shaharda qaysi imkoniyat kutib turibdi. Shu bois DMF Academy oddiy kurs emas, balki uzoq muddatli rivojlanish markazi sifatida ishlaydi.

Jamoa

Shohruhxon Azamov

Shohruhxon Azamov

Ta'sischi

Samarqandda tug'ilgan, TDTU bitiruvchisi. Germaniyada Fachkraft dasturi bo'yicha ishlaydi, 3 yillik xalqaro tajribaga ega. DMF Academy'da rivojlanish, hamkorliklar va B1/B2 tayyorgarligini boshqaradi.

Shakarov Oybek

Shakarov Oybek

Ta'sischi

Weihenstephan-Triesdorf universitetida Business yo'nalishida o'qiydi. O'quvchilarga Studium, Au Pair va til kursi + qabul jarayonida bosqichma-bosqich yordam beradi.

Kamronbek Soliboev

Kamronbek Soliboev

Xalqaro hamkor

Technische Universität München (TUM)da Management and Digital Technology yo'nalishida magistrant. Masterstudium bo'yicha universitet tanlash va hujjatlashtirishda yo'l ko'rsatadi.

Xurshid Bobonorov

Xurshid Bobonorov

Fachkraft mentori

Germaniyada Fachkraft für Arbeit und Beruf yo'nalishida faoliyat yuritadi. Hujjat tayyorlash, VISA arizasi va ishga moslashishda 1:1 formatda maslahat beradi.

Diyorbek Abdusattorov

Diyorbek Abdusattorov

Nemis tili o'qituvchisi

3 yildan ortiq tajribaga ega. Goethe-Institut va telc talablariga moslashtirilgan dasturlar asosida A1–B1 bosqichlarini o'qitadi.

Bobonorov Uchqun

Bobonorov Uchqun

Operatsion boshqaruv va marketing

Samarqand davlat chet tillari instituti bitiruvchisi. Dars jadvali, qabul jarayoni va kontent-strategiyani boshqaradi.

2027–2028 maqsadlarimiz

2027–2028 yillarda Samarqand shahri, Urgut, Jomboy va Tayloq tumanlaridan kelgan yoshlarni Germaniyadagi ta'lim va kasb imkoniyatlari bilan tizimli bog'lashni maqsad qilganmiz.

400+

faol o'quvchini har oy kurslarda ushlab turish

250

nafar yoshni A1 dan B2 gacha tayyorlash

100

nafarni hujjat va intervyu bosqichigacha olib chiqish

50

nafar yoshni Germaniya kompaniyalari bilan bog'lash

Bu ko'rsatkichlar — bizning rejalarimiz, hozirgi natijalar emas.

Jamoamiz bilan tanishishni xohlaysizmi? Markazga taklif qilamiz.

Aloqa ma'lumotlari